TATU talabasi Black Hat MEA 2025 CTF FINALIDA!

  • Asosiy
  • TATU talabasi Black Hat MEA 2025 CTF FINALIDA!

2025-yil 2–4-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan Black Hat MEA 2025 konferensiyasi doirasidagi xalqaro Jeopardy-style CTF musobaqasining final bosqichida universitetimiz talabasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Black Hat MEA — har yili dunyoning 40 mingdan ortiq kiberxavfsizlik mutaxassislari, 450 dan ziyod yetakchi kompaniyalar va 300 dan ortiq spikerlarni birlashtiruvchi, global miqyosdagi eng yirik kiberxavfsizlik tadbirlaridan biri.

TATU Kiberxavfsizlik klubi rahbari, KIF fakulteti 4-bosqich talabasi Umurzoqov Quvonchbek O‘zbekiston nomidan qatnashgan “ChiLL Chain” jamoasi tarkibida final bosqichgacha yetib bordi. Dastlabki saralashlardan o‘tgan 125 kuchli jamoa orasida finalda 49-o‘rin qayd etildi.

Shuningdek, Quvonchbek Black Hat MEA doirasida o‘tkazilgan qo‘shimcha CTF musobaqalarida ham faol ishtirok etib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Ushbu natija — O‘zbekistonlik yosh kiberxavfsizlik mutaxassislari va TATU talabalarining global maydonda munosib raqobat qila olishini yana bir bor tasdiqlaydi.

TATU jamoasi Umurzoqov Quvonchbekni xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyati bilan tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi!