
Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoda qamrovi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan “Texnofest-2025” festivali bo‘lib o‘tmoqda.
“Texnofest” 2018-yildan buyon aviatsiya, kosmos va texnologiya sohalarida bilim va tajriba almashish maqsadida o‘tkazilib kelinadi.
🌐Bu yilgi festivalda 100 ga yaqin davlatlardan ixtirochilar, muhandislar va yoshlar jamoalari ishtirok etmoqda. Tadbir Istanbulning Otaturk aeroportida 1 000 000 m² tashqi maydon va 80 000 m² yopiq hududda tashkil etildi.
🇺🇿O‘zbekiston vakillari, jumladan TATU talabalari ham o‘z loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan festivalda munosib qatnashmoqda.
✔️Ushbu ishtirok nafaqat xalqaro miqyosda tajriba almashish, balki yurtimiz yoshlarining texnologik salohiyatini namoyish etish imkonini bermoqda.