“Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida Samarqandga sayohat uyushtirildi

  • Asosiy
  • “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida Samarqandga sayohat uyushtirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar, milliy me’morchiligiz nanumalari bilan yaqindan tanishish maqsadida ko‘hna Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

🇺🇿 Ayni vaqtlarda Sayohat karvonimiz Go‘ri-Amir maqbarasini ziyorat qilishmoqda. Sayohat davomida talabalar Samarqandning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari, buyuk Bobokalonlarimiz yashab ijod qilgan joylar bilan yaqindan tanishadilar. Registon maydoni, Bibixonim jome masjidi, Afrosiyob shaharchasi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi, Imom al-Buxoriy maqbarasi hamda qadimiy Siyob bozori kabi tarixiy maskanlarga tashrif buyurib, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho me’moriy yodgorliklar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

🎓 TATU yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, milliy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishga hissa qo‘shishda davom etadi!

https://www.youtube.com/shorts/S-fqpcv_xXY

https://www.facebook.com/share/v/1ETgTz8t9T/?mibextid=wwXIfr