TATU talabalari “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqasida sovrindor bo'lishdi.

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqasida sovrindor bo'lishdi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqalarida “Blue team” va “Red team” yo‘nalishlaridagi har birida 5 nafargacha ishtirokchi mavjud jamoalarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari munosib qatnashishdi va quyidagi natijalarga erishishdi:

🔴 “Red team” yo‘nalishlaridagi jamoalarda:

🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Chill Chain” jamoasi sardori Sobirov Otabek;
🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “N1nject10n” jamoasida Umirzoqov Quvonchbek;
🥉3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Cybernetic” jamoasida Mashrabjonov Bobirjon va Abdumutalov Abdumutal;
🏅4-o‘rinni qo‘lga kiritgan “K17K47” jamoasida Gilmanov Nurgali;

🔵 “Blue team” yo‘nalishlaridagi jamoalarda esa:

🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Shadowguard” jamoasida Ergashbekov Nurbek faol ishtirok etdilar.

🤔 Sammit doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va dasturiy vositalar namoyish etildi.