![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Universitetimizning dasturlash bo‘yicha terma jamoalari 19–28-avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahridagi ADA Universityda tashkil etilgan “3rd International Training Camp on Competitive Programming” xalqaro o‘quv-trening dasturida ishtirok etdi.
🌍Mazkur xalqaro trening Ozarbayjon Markaziy banki (CBAR), ICPC Azerbaijan, Innovatsiyalar va raqamli rivojlanish agentligi (IDDA) hamda NERC hamkorligida tashkil etilib, unda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Eron va Gruziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda kuchli dasturlash jamoalari jamlandi.
💻Trening davomida TATU talabalari:
🔺murakkab algoritmik masalalarni tahlil qilish va optimal yechimlar ishlab chiqish;
🔺xalqaro tajribaga ega murabbiylarning mahorat darslarida qatnashish;
🔺jamoaviy masalalar yechish va natijalarni tahlil qilish;
🔺upsolving orqali yechilmagan va noto‘g‘ri yechilgan masalalarni qayta tahlil qilish;
🔺musobaqalarda vaqtni samarali taqsimlash va tezkor yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.
🏆Dastur doirasida ishtirokchilar intensiv dasturlash musobaqalarida qatnashib, murakkab masalalarni yechish jarayonlarini chuqur tahlil qildilar.
✨Xalqaro trening TATU talabalariga xorijiy universitetlar vakillari va kuchli dasturlash jamoalari bilan tajriba almashish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro muhitda sinovdan o‘tkazish hamda nufuzli dasturlash musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini berdi.
🤝Mazkur ishtirok talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribasini boyitish va TATUni xalqaro dasturlash maydonida munosib namoyon etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.



