TATU “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zo bo‘ldi!

  • Asosiy
  • TATU “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zo bo‘ldi!


Xushxabar!

TATU “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zo bo‘ldi!

“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sun’iy intellekt sohasidagi salohiyati va yetakchilik roli yana bir muhim qadam bilan mustahkamlandi!

✅ Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sun’iy intellekt alyansi” boshqaruv raisi Aziz Xakimovich Muxitdinov Universitetning Sun’iy Intellekt Alyansiga rasman qo‘shilganligi haqida e’lon qildi.

🤖 “Sun’iy intellekt alyansi” — bu mamlakatdagi sun’iy intellektni rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan, startaplar va sanoatda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yetakchi tashkilotlardan biri bo‘lib, u sohada ilg‘or kompaniyalar, universitetlar va ekspertlar bilan birgalikda innovatsion loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan jamoadir.

Endi TATU — ushbu alyans orqali:
⏺ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va amaliyotda hamkorliklarni kengaytiradi,
⏺ mahalliy va xalqaro loyihalar doirasida tashabbuslarni ilgari suriladi,
⏺ talaba yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar, treninglar va tajriba almashish resurslari ochiladi.

Bu a’zolik Universitetimizning sun’iy intellekt sohasida yetakchi tashkilotlardan biri sifatidagi strategik ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bizni kuzating: