🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va rahbar xodimlari ishtirokida 2021-2022-o‘quv yili sarhisobi, yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish maqsadida "TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.
🏔Bunday yangicha yondashuv barchani bir joyga jamlab bir jamoa bo'lib ishlashga, fikr almashishga, universitetda ta’lim sifatini yuksaltirishga, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini kuchaytirishga, o‘z ustilarida doimiy ishlab borishni, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlarda bevosita qatnashishni, uning mazmun-mohiyatini, avvalo talabalarga, qolaversa, xalqimizga yetkazishda faolligini oshirishga turtki beradi.
🎁Bundan tashqari, ko'tarinki ruhda rahbar xodimlar o'rtasida osh musobaqasi hamda turli xil o'yinlar o'tkazildi. Yakunda esa tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanishdi.