TATU – Samarqand baynalmilal forumi muvaffaqiyatli yakunlandi

  • Asosiy
  • TATU – Samarqand baynalmilal forumi muvaffaqiyatli yakunlandi

2026-yil 2–4 aprel kunlari Samarqand shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari hamda 20 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar — jami 500 ga yaqin ishtirokchilar ishtirokida “Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostidagi TATU – Samarqand baynalmilal forumi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur forum Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik siyosati, yoshlar diplomatiyasi hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Unda nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlari — Fransiya, Niderlandiya, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etib, forumning keng qamrovli xalqaro maydonga aylanganini yana bir bor namoyon etdi.

🌍 Forum davomida yoshlar o‘rtasida madaniyatlar almashinuvi, o‘zaro do‘stlik aloqalari va yangi hamkorlik tashabbuslari shakllandi.

🗒 Dastur doirasida:
— “Muhandislik oyligi” ochilish marosimi,
— “Oliygohlar – startaplar generatori” shiori ostida startaplar ko‘rgazmasi,
— intellektual va Besh tashabbus sport musobaqalari,
— “Rektor va yoshlar uchrashuvi”,
— milliy qadriyatlarimiz aks etgan tadbirlar,
— Samarqandning tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiyalar,
— hamda musiqiy festival tashkil etildi.

🏆 Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Mazkur forum ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarni yurtimizning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi. Eng muhimi, bu forum turli davlat yoshlarini birlashtirib, ilm-fan, sport innovatsiya va startap yo‘nalishlarida kelajakdagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi.

TATU esa ushbu jarayonda nafaqat bilim maskani, balki davlatlar va madaniyatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarayotgan zamonaviy innovatsion platforma sifatida yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi.