Joriy yilning 22-oktyabr kuni universitetimizda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan “INFOLIB O‘ZBEKISTAN – 2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Uchinchi Renessans: Kutubxona sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
☯️ Anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mas’ul xodimlari, respublikada kutubxona sohasida kadr tayyorlovchi OTM vakillari va OTM Axborot resurs markazlari rahbarlari ishtirok etishdi.
📚 Anjuman ishtirokchilari uchun dastlab universitet kutubxonasiga ekskursiya uyushtirildi va kutobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. So‘ngra respublikada kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashdagi muhim masalalarni aniqlash, jahon talablariga javob beradigan zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratishga oid ma’ruzalar tinglandi va muhokamalar olib borildi.
❕Eslatib o‘tamiz, TATU kutubxonalarga axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.