Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, prof. Baxtiyor Maxkamov 2025-yil 13-oktabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan World Federation of Engineering Organizations (WFEO) Global Engineering Congress — GEC 2025 xalqaro anjumanida ishtirok etdi.
🌍Kongress “Engineering Shapes a Green Future” shiori ostida o‘tkazilib, muhandislik sohasida barqaror rivojlanish, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi global yechimlar muhokama qilindi.
🗣Prof. Baxtiyor Maxkamov “5G-A Empowers Industry Innovation” mavzusidagi davra suhbatida GTI, China Resources Group, Ericsson Group, Siemens Digital Industries kabi yirik xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan bir qatorda ekspert sifatida ishtirok etdi.
⏺U o‘z nutqida O‘zbekistonda kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish hamda sanoat va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish yo‘nalishidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
🤝TATU rahbariyatining bunday xalqaro miqyosdagi faol ishtiroki O‘zbekistonning muhandislik va axborot texnologiyalari sohasidagi nufuzini oshirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.




