TATU rektori Mahallalarda
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlarga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori professor B.Sh.Maxkamovga Yunusobod tumanida 59 nafar “qizil” toifaga mansub yoshlar biriktirilgan edi.
Unga asosan, TATU rektori boshchiligidagi jamoa poytaxtimizdagi tumanidagi mahallalarda yoshlarimiz holidan xabar oldi. Ular bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi.
IT sohasiga qiziquvchi yoshlarimizga so'nggi rusumdagi noutbuklar sovg'alar qilinib, TATUda tashkil etilgan dasturlash bo'yicha to'garaklarda bepul o'qish imkoniyati yaratildi.