
Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil o‘rganildi. Xavfsizlik masalalari, xususan, is gazining oldini olish, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, duch kelayotgan muammolarini ochiq bayon etdilar. Ushbu murojaatlar asosida muammolarni hal etishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
👥 Universitet rahbariyati talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va xavfsiz muhit yaratish maqsadida tegishli choralarni ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.
📝 Bunday tashriflar orqali talabalar ehtiyojlariga e’tibor qaratilib, ularning ilm olishga bo‘lgan intilishi va rag‘batini oshirish maqsad qilingan.