TATU professori — “Yil ayoli”

  • Asosiy
  • TATU professori — “Yil ayoli”

23-dekabr kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Olima ayollar” tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamediyeva g‘olibi bo‘lib faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Olima ko‘krak bezi saratonini sun’iy intellekt orqali erta bosqichlarda aniqlaydigan dastur (https://t.me/innovatsion_rivojlanish/7651)yaratgan bo‘lib, loyiha respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida samarali qo‘llanilmoqda.