


TATU olimalari xalqaro forumda ishtirok etmoqda
2025-yilning 4-fevralida O‘zbekiston va Malayziya ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumi” tashkil etilib, unda universitetimiz hamda Malayziyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda bir qator hamkorlik shartnomalarini imzolagan.
Mazkur forum doirasida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejasida belgilangan qator vazifalar doirasida TATU olimalari professor E. Nazirova va PhD Z. Begmatovalar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan 2026-yil 8–9-aprel kunlari Melaka texnika universitetida “O‘zbekiston – Malayziya oliy ta’lim hamkorligi” mavzusidagi ayol olimalar xalqaro forumida faol ishtirok etishmoqda.
Forum doirasida:
• ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
• qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirish;
• akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish;
• innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu ishtirok TATUning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faolligini yana bir bor namoyon etadi