TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Asosiy
  • TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Odoo Ta’lim guruhi rahbari  Kevin Daniel va UIC Group bosh direktori Muratov Murodkhuja TATUga hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Hamkorlik doirasida TATU talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.

Odoo - CRM, elektron tijorat, buxgalteriya hisobi, inventarizatsiya, savdo nuqtasi, loyihalarni boshqarish kabi ochiq manbali biznes ilovalari to‘plami hisoblanadi. Odoo universitetga "Odoo kursi"dan foydalanish imkoniyatini beradi. Kurs talabalarga ERP funksiyalarini tushunish uchun bilim berishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: Odoo millionlab kompaniyalarga o‘z bizneslarini boshqarish va kengaytirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotdan oson foydalanish imkoniyatini beradi. Butun dunyo bo‘ylab 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan qo‘llaniladi.