TATU Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev va Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 13-mart kuni uchrashuv o‘tkazdi.

  • Asosiy
  • TATU Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev va Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 13-mart kuni uchrashuv o‘tkazdi.

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev va Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 13-mart kuni uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda filial va kompaniyaning o‘zaro hamkorlik asoslari belgilab olindi. Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

💭 Tashrif so‘ngida kompaniya vakillari va filialda tahsil olayotgan talabalar bilan kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha davra suhbati tashkil etilib, o‘zaro fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.