TATU — MUSOBAQA G‘OLIBI!

  • Asosiy
  • TATU — MUSOBAQA G‘OLIBI!

 


026-yil 25–26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalari.ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarning mini-futbol yo‘nalishida ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi barcha bahslarda munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli  1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Maydondagi birdamlik, yuqori sport mahorati, qat’iyat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch jamoamizning ushbu yutuqqa erishishida muhim omil bo‘ldi.

Universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijaga erishgan jamoamiz a’zolarini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

 Keyingi musobaqalarda ham jamoamizga ulkan zafarlar, yangi g‘alabalar va omad tilaymiz!