Ushbu uchrashuvda Rossiya ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ikki va ko‘p tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Hozirgi kunda Rossiya Ta’lim va fan vazirligi federal byudjet tomonidan MDH davlatlarining ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini moliyaviy ta’minlash uchun tanlov e’lon qilingan. Ikki universitet o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.