![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
29–30-sentabr kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazilayotgan KazHackStan-2026 xalqaro kiberxavfsizlik tadbiri doirasidagi CyberKumbez musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Red Team yo‘nalishida 37 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda. Musobaqada Ozarbayjon, Serbiya, Mongoliya, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari qatnashmoqda.
🇺🇿O‘zbekiston nomidan ushbu yo‘nalishda 6 ta jamoa ishtirok etayotgan bo‘lib, ular orasida TATUning “Oblivion” jamoasi ham bor.
24/7 uzluksiz formatda tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash, hujum ssenariylarini amalga oshirish, tizimlarning himoya darajasini baholash hamda murakkab texnik vazifalarni bajarish bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
Xalqaro musobaqa talabalarimiz uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xorijiy jamoalar tajribasini o‘rganish hamda xalqaro kiberxavfsizlik muhitida o‘z salohiyatini namoyish etish uchun muhim imkoniyatdir.
TATU “Oblivion” jamoasiga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
Astana, Qozog‘iston
29–30-sentabr, 2026-yil



