
3-may kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi hayot” aerodromida Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan “CanSat Uzbekistan–2025” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublika bo‘ylab tanlab olingan jamoalar qatori TATU talabalari ham ishtirok etmoqda.
Musobaqa doirasida maktab o‘quvchilari va talabalar tomonidan yaratilgan mikrosputniklar real raketalar yordamida 2 km balandlikka uchirilmoqda. Bu yoshlar uchun nafaqat texnologik yutuqlarini namoyish qilish, balki kelajakdagi muhandislik va kosmik loyihalar uchun mustahkam asos yaratish imkonidir.
🚀 TATU jamoasiga finalda ulkan omad tilaymiz!