O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini ta’minlash, kasbiy ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti homiyligida Respublika televideniye va radio texnikumida zamonaviy TUIT-LAB innovatsion ta’lim xonasi barpo etildi.
🗓 2025-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida TATU rektori B.Sh. Maxkamov, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i B.A. Radjabov, universitetning jamoasi, texnikum rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
🎓 TUIT-LAB innovatsion xonasi TATU innovatsion va inkubatsiya markazlari dizayni asosida to‘liq ta’mirlanib, texnikum o‘quvchilariga qulay ta’lim muhiti yaratildi. Xonaga quyidagi jihozlar topshirildi:
💻 20 ta zamonaviy kompyuter texnikasi
💻 15 ta kompyuter stoli va stuli
🪑 15 ta parta, 30 ta stul
🖥 Interaktiv panel
📖 40 nomdagi bosma kitoblar
📂 500 dan ortiq elektron adabiyotlar
🔗 Texnikum kutubxonasi TATU ARM ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilindi
👥 Tadbir davomida tashrif buyurganlar texnikumdagi o‘quv jarayonlari, yo‘nalishlar, laboratoriyalar va professor-o‘qituvchilarning faoliyati bilan tanishdilar. O‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish va malakali mutaxassis bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


