
Bugun, 19-iyun kuni «QS World University Rankings 2026» reytingi e’lon qilindi va biz uchun quvonchli yangilik bor!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ilk bor ushbu nufuzli xalqaro reytingda “New Entrant” (yangi ishtirokchi) sifatida qayd etildi va 1401+ o‘rinni egalladi!
Baholash mezonlariga ko‘ra, TATU akademik mavqe bo‘yicha ham kuchli natijani qayd etib, 701+ o‘rinni egallagan!
Bu natija – universitetimiz ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorliklari va zamonaviy texnologik yondashuvlariga berilgan munosib bahodir.
Bu hali boshlanishi! Oldinda yanada yuksak marralar kutmoqda!