
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Buriboyev Abror Shavkatovich Janubiy Koreyaning Konkuk universiteti qoshidagi “Intelligent Robotics and Autonomous System Control Lab – IRASC” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.
🇰🇷 Tadqiqotchi Koreya milliy tadqiqot jamg‘armasining (National Research Foundation of Korea) RS-2024-00412141 sonli “Wildlife Behavior and Ecology Control Technology by Applying Reinforcement Learning Based on Generative AI Integrated Model” loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Stajirovka davomida doktorantimiz robototexnika, robot operatsion tizimida dasturlash (ROS), SLAM (Simultaneous Localization and Mapping), reinforcement learning, deep learning va avtonom yo‘l rejalashtirish yo‘nalishlarini chuqur o‘rganib, sun’iy intellektga asoslangan algoritmlar ishlab chiqish ustida ishlamoqda. LIDAR sensorli avtonom robotlar bilan tajribalar o‘tkazish va o‘zlashtirilgan bilimlarni O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilgan.
📝 Shuningdek, TATU va Konkuk universiteti hamkorligida Scopus va WoS bazalarida indekslangan Q1 va Q2 kvartilli xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish ko‘zda tutilgan. Abror Buriboyev 2024-yilda ham IRASC laboratoriyasida stajirovka o‘tagan bo‘lib, tadqiqot natijalari asosida 3 ta xalqaro ilmiy maqola chop ettirgan edi.