Bugungi butun jahonda koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyotda innovatsion krovat va respiratorlarga ehtiyoj katta.
TATUning bir guruh ilmiy tadqiqotchilari tibbiyot xodimlari uchun mahalliy sharoitda innovatsion krovat va respirator yaratdi.
Ushbu innovatsion krovatlar va respiratorlar shifokorlarga bemorlarni tuzatish va o‘z xavfsizliklarini maʼlum darajada himoyalashga yordam beradi.
Shuningdek, ushbu loyiha:
- bemor maʼlumotlarini to‘liq ekranda ko‘rsatish (qon bosimi, harorati va boshqalar) hamda kunlik tahlil qilib borish;
- bemor atrofidagi 5 metr radiusda u bilan muloqot qilganlarni ro‘yxat qilib borish;
- bemorlar gapira olmay qolganda shifokorlar bilan muloqot qilish tizimi orqali gaplashish imkonini beradi.
Loyiha muallifi TATU doktoranti Z.Qodirovning ma’lumot berishicha, ushbu mahsulot jahonda eng kam 3,000$ dan ortiq tursa, buni mahalliy sharoitda 1000$ - 1500$ oraliqda tayyorlash mumkin.
Videoni ko‘rish uchun ushbu havolaga bosing.
TATU matbuot xizmati