TATU bitiruvchisi xalqaro ilm-fan maydonida yuksak marralarni zabt etmoqda!

  • Asosiy
  • TATU bitiruvchisi xalqaro ilm-fan maydonida yuksak marralarni zabt etmoqda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bitiruvchisi Ergashev Ulug‘bek AQShning Nyu-York shtatida joylashgan nufuzli Binghamton universitetida PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Binghamton universiteti dunyodagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini yurituvchi Times Higher Education (THE) World University Rankings tizimida 601-o‘rinni egallagan.

Ushbu yutuq, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlik natijasidir.

Ayni paytda ham Binghamton universitetida bir nechta TATU bitiruvchilari PhD dasturlari asosida ilmiy tadqiqot faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Ergashev Ulug‘bekni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Bu yutuq nafaqat uning shaxsiy mehnati, balki O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi rivojlanishining yana bir yaqqol namunasi bo‘lib xizmat qiladi.