Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetiga (TATU-BDIRU) tayyorlov kursiga qabul ochilishini eʼlon qiladi!
Tayyorlov kurslarida o‘qishni istagan abituriyentlar 20 sentyabrdan 15 oktyabrgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Kurslar 1 noyabrdan boshlanadi va 100 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
TATUda tashkil etilgan kurslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul qilinadi.
Boshqa hududlardan kelgan abituriyentlar TATUning eng yaqin filiallariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘quv kurslari beshta fan bo‘yicha tashkil etiladi: rus tili, matematika, fizika, informatika asoslari va ingliz tili.
O‘quv kurslarining davomiyligi 9 oy. Bitta guruhdagi tinglovchilar soni 20 kishidan oshirilmaydi.
Darslar haftada besh kun rus tilida, http://cms.tuit.uz onlayn platformasida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, 2018/2019 va 2019/2020 o‘quv yilida TATU-BDIRU tayyorlov o‘quv-kurslarida o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan va tayyorlov kursining sertifikatlarini olgan barcha talabalar bugungi kunda qo‘shma fakultet talabalari bo‘lishdi.
TATU-BDIRU qo‘shma fakultetiga kirishni istagan abituriyentlar barcha fanlardan to‘liq o‘quv kurslarini tamomlab, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlari kerak.
Murojaat:
Tel: 238 6501
Telegram: +998909664777
QO‘SHIMCHA MA’LUMOT
TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti
2018 yil 13 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaga binoan 2019-2020 oʻquv yildan boshlab TATUda TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetiga quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitishga qabul qilinadi:
- axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoni;
- dasturlanadigan mobil tizimlar;
- sunʼiy tafakkur.
O‘QITISH BOSQICHLARI
TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetida oʻqish “2+2” sxemasi asosida amalga oshiriladi, 2 yil TATUda, 2 yil BDIRUda 2 yil.
Talabalar nima olishadi?
TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar IKKI DIPLOMGA ega boʻlishadi.
Yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar sertifikat olishadi. Sertifikat egasiga Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) vakillari tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida qatnashmaslik huquqini beradi.