Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-sonli «Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish toʻg'risida»gi qarorida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 70 uy manzilidagi binoni 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar rekonstruksiya qilish koʻrsatib oʻtilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 3 (uch) kun muddatda (2019 yil 13 fevralgacha) binoni rekonstruksiya qilish uchun tijorat takliflarini berishingizni soʻraymiz.
Tijorat taklifi bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
- tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
- tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag'larning yoki koʻrsatib oʻtilgan mablag'larni berishga bank kafolatnomasi;
- tashkilotning qurilish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan texnika va texnologiyalarning, mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi;
- shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va vakolatlar;
- ustav sarmoyasining miqdori;
- tanlov obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlash tajribasining mavjudligi;
- oʻz kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari toʻg'risidagi maʼlumotlar;
- tanlov obyektida oʻz kuchlari bilan bajariladigan ishlarning moʻljallanayotgan hajmi (foizlarda).
- tashkilot qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida emasligini tasdiqlovchi hujjat;
- tashkilotning sud yoki hakamlik muhokamasida ishi koʻrib chiqilmayotgaligini tasdiqlovchi hujjat.