Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusida rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur nufuzli tadbirda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
🇺🇿Forumni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
🗣Tadbir davomida:
• ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish,
• o‘quv faoliyatini tahlil qilish,
• darslarni individuallashtirish,
• akademik halollikni ta’minlash
kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
🏛Forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B. Maxkamov ham ishtirok etib, muhim tashabbus bilan chiqish qildi.
🧠 Rektor o‘z ma’ruzasida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy, ta’limiy va tadqiqot salohiyatini birlashtirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, universitetlar o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha yagona konsorsium tashkil etish, laboratoriyalar, ilmiy maktablar, ochiq ma’lumotlar bazalari va tajribalarni o‘zaro baham ko‘rish orqali hamkorlikni kuchaytirish taklifini ilgari surdi.
🚫Professor B. Maxkamovning ta’kidlashicha, bunday yondashuv oliy ta’lim tizimi bilan bir qatorda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan raqobatbardosh sun’iy intellekt ekotizimini shakllantirishga zamin yaratadi.
🔺 Mazkur forum O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, kelgusidagi keng ko‘lamli hamkorlik va innovatsion loyihalar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.


