
2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qarori asosida hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi belgilangan.
🏛 Shu asosda, 6-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov boshchiligidagi ishchi guruh Zarafshon shahriga tashrifi doirasida Zarafshon shahar hokimi N. Rahmonov rahbarligida hokimlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda TATU Zarafshon fakulteti binosini mukammal ta’mirlash jarayoni, o‘qish davomida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash hamda amaliyot bazalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
➡️ Delegatsiya, shuningdek, Zarafshon shahridagi ITga ixtisoslashtirilgan 14-sonli maktab va texnikum faoliyati bilan tanishdi. U yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, o‘quv-uslubiy baza va yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi.
✅ Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun, TATU Zarafshon fakultetiga qabul jarayoni 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan