

Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda ’’Biznesni rivojlantirish banki’’ ATB rahbarlari ishtirokida haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan bitiruvchi talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bitiruvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, bugungi kunda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan keng imkoniyatlar, xususan ’’Biznesni rivojlantirish banki’’ ATBda faoliyat olib borish istagidagi universitet bitiruvchilari uchun mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddi rahbarlardan batafsil javob oldilar. Faol ishtirok etgan talabalar, bank tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida bank mutaxassislari tomonidan,’’BRB Star Lab loyihasi’’ doirasida bitiruvchi talabalar bilan saralash test va suhbat jarayonlari tashkil etildi. Mazkur saralash natijalariga ko‘ra ijobiy baholangan bitiruvchilar bankda haq to‘lanadigan stajirovka o‘tash hamda kelgusida bankda ish faoliyatini olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.