MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING "TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR" FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA TALABALARI KINO SOHASIDA KENG KO‘LAMLI TADBIRDA FAOL QATNASHMOQDA

  • Asosiy
  • MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING "TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR" FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA TALABALARI KINO SOHASIDA KENG KO‘LAMLI TADBIRDA FAOL QATNASHMOQDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Televizion texnologiyalar" fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari kino sohasida keng ko‘lamli tadbirda faol qatnashmoqda

O‘zbekfilmning kichik pavilionida "Ipak yo‘li marvaridi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali boshlandi, u yerda rasmiy qism doirasida "SHHT mamlakatlari kino kunlari va kinoforum" tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir qator ma’ruzachilar, jumladan, "Belorussiya kinoijodkorlar uyushmasi" raisi Viktor Vasilev, Hindiston kinosini rivojlantirish milliy korporatsiyasi boshqaruvchi direktori - Ravinder Bxakar, kinorejissor Afshin Xashemi (Eron), bosh prodyuser, Qozog‘iston milliy kinoni qo‘llab – quvvatlash Davlat markazining xalqaro kinofestivallari ijrochi direktori – Adai Abeldinov va boshqalar ishtirok etdi.

SHHT tarkibiga kiruvchi mamlakatlardan Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston hamda O‘zbekiston yaqinlashib kelayotgan XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘zining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi. Shuningdek, ularning kino mahsulotlarini kuzatuvchi davlatlar (Belorussiya, Eron, Mo‘g‘uliston) va SHHT muloqoti bo‘yicha sherik davlatlar (Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya) namoyish etadi.

SHHT mamlakatlarining kino kunlari doirasida joylarda filmlar namoyish etiladi, mahorat darslari, seminarlar, matbuot anjumanlari va ijodiy suhbatlar o‘tkaziladi. Ulardan biri bugun Rossiya federatsiyasi xalq artisti Sergey Bezrukov bilan bo‘lib o‘tdi hamda xorijiy kino operatorlari va aktyorlarining birinchi marotaba o‘tkazilgan mahorat darslari ,davra suhbatlari "Televizion texnologiyalar" fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarida ajoyib taassurotlar qoldirdi. O‘ylaymizki, bunday o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘zbek kino sohasi uchun yangi-yangi burilishlar yasab beradi.