
Universitetimizda talaba-qizlar professor-o‘qituvchilar va lider ayollar ustoz-shogird an’analariga sodiq holda osh tayyorlash san’ati bo‘yicha mahorat darslarini namoyish qilishdi. Har bir osh pishirish jarayoni o‘ziga xos madaniyat va an’analarga boy bo‘lib, ishtirokchilarga milliy anʼanalarimiz va qadriyatlarimizni teran anglash imkoniyatini berdi.
🎶 Musobaqa davomida sho‘x-shodon musiqiy dasturlar ishtirokchilarga alohida kayfiyat baxsh etdi. G‘oliblar o‘zlarining mahoratlari bilan ajralib turdi va taomlar jamoa tomonidan yuqori baholandi.