10–13-iyun kunlari “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan “Global barqaror rivojlanish kongressi”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muaasasalari masʼullaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
Unda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan muhokamalar, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytingdagi oʻrnini mustahkamlash hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida “Impact ranking – 2024” natijalari eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Anjumanda ilmiy-pedagogik salohiyatni yuksaltirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng ommaga yoritish, gender tengligi, taʼlim inklyuzivligi, barqaror rivojlanishni taʼminlash borasida erishilgan yutuqlarni targʻib qilish hamda xorijiy talaba va professor-oʻqituvchilarni jalb etish maqsadida kongress doirasidagi oliy taʼlim muassasalari koʻrgazmasida jami 10 ta OTMdan iborat Oʻzbekiston pavilyoni tashkil etilgan.
Kongress doirasida O‘zbekiston oliygohlari nufuzli xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqdalar.