TATUda "Sun'iy intellekt va Data Science" mavzusida master-klass bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • TATUda "Sun'iy intellekt va Data Science" mavzusida master-klass bo'lib o'tdi

Joriy yilning 4-oktabr kuni TATUning katta majlislar zalida Kompyuter injiniringi fakulteti tashabbusi bilan "Sun'iy intellekt va Data Science" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Ma'ruzachi: Farruh Kushnazarov, Sun'iy intellekt sohasida bir qancha ilmiy maqolalar muallifi va fan nomzodi. Big Data va Data Science bo'yicha nomdor mutahassis.


Master-klassda mutaxassis Farruh Kushnazarov "Big Data nima?",  "Big Dataning qo'llanilish sohalari",  "Big Datadan qanday foydalaniladi?",  "Data Science nega kerak?", "Data Scientist nimalarni bilishi kerak",  "Data Scientist uchun muhim bilimlar", "Mobil ilovalarda Data Science" kabi mavzularda o'z bilimlarini talabalar bilan baham ko'rdi.

Ma'ruza so'ngida talabalar Big Data va Sun'iy intellekt bo'yicha o'zini qiziqtirgan savollarni berishdi. Mutaxassis talabalar bergan barcha savollarga bilim va tajribalari asosida to'liq javob berdi.


Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Doniyor Yaxshiboev Farruh Kushnazarovga kreativ va zamonaviy bilimlarga boy taqdimot uchun alohida minnatdorchilik bildirdi va esdalik sovg'alarni topshirdi. 

TATU matbuot xizmati