


“Sun’iy intellekt” startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 30-mart kuni talabalar o‘rtasida OLIYGOH KUBOGIni “Sun’iy intellekt” startap loyihalar tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.
🚀 Final bosqichiga jami 61 ta jamoa ichidan innovatsion, dolzarb hamda amaliy yechimlarga ega bo‘lgan 23 ta jamoa yetib keldi.
🚀 Tanlovda bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari o‘zlarining innovatsion, amaliy ahamiyatga ega hamda zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
💬 Taqdim etilgan g‘oyalar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
💬 Innovatsionlik va texnologik yangilik
💬 Bozor ehtiyojiga moslik
💬 Amaliy samaradorlik
💬 Biznes modeli va moliyaviy barqarorlik
💬 MVP (prototip) mavjudligi
💬 Ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi 3 ta startap loyiha saralab olindi. Shuningdek, quyidagi 5 ta nominatsiya bo‘yicha ham g‘olib loyihalar aniqlandi:
💡 Eng yaxshi innovatsion AI loyiha;
🚀 Eng istiqbolli AI loyiha;
💼 Eng yaxshi AI biznes loyiha;
🗣 Eng yaxshi AI prototipi (MVP);
🤝 Eng yaxshi ijtimoiy AI loyiha.
👏Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz hamda g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!
🗣Bunday tanlovlar yoshlarning kreativ tafakkuri va tashabbuskorligini yangi bosqichga olib chiqib, innovatsion g‘oyalarni amaliy startap loyihalarga aylantirishga xizmat qiladi hamda kelajakda yirik texnologik yechimlar va muvaffaqiyatli biznes tashabbuslari uchun mustahkam zamin yaratadi.