SUN’IY INTELLEKT SOHASIDAGI BIRINCHI MUTAXASSISLAR – BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR HIMOYASI!

  • Asosiy
  • SUN’IY INTELLEKT SOHASIDAGI BIRINCHI MUTAXASSISLAR – BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR HIMOYASI!

TATUda muhim tarixiy voqea – Sun’iy intellekt kafedrasida bakalavriat bosqichining “Sun’iy intellekt" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari tarixida ilk bor bitirayotgan mutaxassislar o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi!

Shuningdek, Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi bitiruvchilari ham o‘zlarining ilmiy-amaliy izlanishlarini taqdim etishdi.

Himoya jarayoni doirasida taqdim etilgan ishlar quyidagi zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

Sun’iy intellekt algoritmlarining real hayotdagi muammolarga tadbiqi;

Aqlli boshqaruv tizimlari va robototexnika qurilmalarini yaratish va modellashtirish;

Obyektlarni avtomatik aniqlash va monitoring qilish tizimlari;

Signal va tasvirlarni qayta ishlashda chuqur o‘rganish (deep learning) metodlarining qo‘llanilishi;

Tibbiyot, sanoat, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida AI asosidagi innovatsion yechimlar.

Har bir ish kafedra komissiyasi tomonidan chuqur tahlil qilinib, professional yondashuv, amaliy natijadorlik va ilmiy yangiligi jihatidan baholandi.

Himoya jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar, amaliyotchi mutaxassislar va soha vakillari faol ishtirok etdi. Bitiruvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini ishonch bilan namoyon etib, soha bo‘yicha katta salohiyatga ega ekanliklarini amalda ko‘rsatishdi.

Barcha bitiruvchilarimizni ushbu mas’uliyatli va tarixiy bosqich bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy va amaliy yutuqlar tilaymiz!