Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Germaniyaning Shtutgart amaliy fanlar universiteti (Stuttgart university of applied sciences) o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
TATU va Shtutgart amaliy fanlar universiteti o‘rtasida akademik mobillilik, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy yo‘nalishlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun stajirovka hamda malaka oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, delegatsiya universitetining eng ilg‘or laboratoriyalari, ta’lim dasturlari, xususan, Kompyuter injininingi (Computer Engineering ) va Elektrotexnika va Axborot Texnologiyalari (Electrical Engineering and Information Technology) kabi yo‘nalish dasturlari, o‘quv rejalari va kredit tizimlari, hamda turli loyihalar bilan tanishildi.
Samarali hamkorlik aloqalarini amalga oshirish maqsadida Shtutgart amaliy fanlar universiteti tomonidan TATU professor-xodimlari hamda talabalari uchun nemis tili o‘rgatish dasturlarini yo‘lga qoyish taklif etildi.
Ma’lumot uchun: Shtutgart amaliy fanlar universiteti 1829-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida tashkil etilgan Germaniyaning yetakchi texnik universitetlaridan biri hisoblanadi. U texnik va fizika fanlari bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lib, avtomobilsozlik, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va aerokosmik muhandislik kabi sohalarda mukammalligi bilan jahon miqyosida shuhrat qozongan. Universitet 1900-yilda doktorlik huquqini berish imkoniyatini qo‘lga kiritgan va 1967-yilda Shtutgart nomini olgan.