Stipendiyaga davogarlardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

  • Asosiy
  • Stipendiyaga davogarlardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning hujjatlari dastlabki ko‘rib chiqish uchun universtitetning Iqtidorli talabalar bo‘limiga taqdim qiladilar:

➖akademik ma’lumotnoma (GPA);
➖dekan va kafedra mudiri tavsiyanomasi;
➖ilmiy rahbarning tavsiyanomasi;
➖ilmiy ishlar ro‘yxati hamda maqola va tezislar bosma nusxalari;
➖nomzodning barcha yutuqlari.

🔰 Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etiladi.

❗️Stipendiyant taqdim etgan hujjatlar muqovasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, bosqichi hamda guruhi ko‘rsatilishi kerak.

⚠️ Hujjatlarni har o‘quv yilining may oyida yig‘ish ishlari boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Iqtidorli talabalar bo‘limidan olishingiz mumkin (C bino 214/A)
🇺🇿https://t.me/TATUIQTIDORLITALABALARI