E’LON!!! Iqtidorli hamda faol talabalar va magistrlar diqqatiga!

Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomdor stipendiyalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati va o‘zlarining maxsus stipendiyalarini joriy etishgan. 2017-2018-o‘quv yilidan esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi davlat stipendiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining stipendiyasi ham iqtidorli talabalar uchun joriy etildi.

Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan Davlat stipendiyalari, soha va kasaba uyushmasi stipendiyalariga nomzod talabalar xujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib, joriy yilning 27 may kuniga qadar Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (224-xona)ga topshirishlari mumkin.

Belgilangan kundan kechiktirilib topshirilgan nomzodlar xujjatlari qabul qilinmaydi. Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining talabalarga ruknining stipendiyalar va grantlar bo‘limida tanishish mumkin.