Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning stipendiya to'lovlari kechikishi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
✅TATUda shartnoma (kontrakt) asosida o'qiydigan talabalar va doktorantlarga allaqachon stipendiya hamda oylik - ish haqi o'z vaqtida to'lab berildi. Chunki ushbu hisob - kitob universitet mablag’laridan amalga oshiriladi. Budjet asosida tahsil olayotgan talabalarga esa stipendiyani kechiktirilishi TATUga bog'liq emas, sababi bu talabalarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan to'lanadi. O'z - o'zidan ma'lumki, universitet talabalarining yarmiga stipendiya to'lab, qolgan yarmiga to'lamasdan "supermen bloger"larga hayp topib berishdan hech qanday manfaat yo'q!
✅Ushbu masala rahbariyat tomonidan atroflicha o'rganilib, yechim topildi va grant asosida tahsil olayotgan talabarning stipendiyalari to’liq to'lab beriladi.
📌Yuqoridagi murojaatnomaga ilova!!!
🎓Hurmatli talabalar, har bir ko'rgan ma'lumotingizga aniqlik kiritmasdan ishonib qolavermang. Shunga o’xshash negativ xabarlarni tarqatayotgan blogerlarni ba'zilari 4 yil davomida TATUda o'qib ketib, shaxsga qaratilgan adovatini TATUni qoralash orqali ko'rsatib bermoqda. Talabaning stipendiyasini ushlab turish va vaqtida to'lamaslikdan TATU rahbariyatiga hech qanday manfaat yo'q.
Xullas, negativlar orqali obunachisini ko'paytirmoqchi bo'lgan "adolatli blogerlar"ga haqiqat kerak bo’lsa TATU rasmiy matbuot hodimiga murojaat qilishlarini so’rab qolamiz.
🤗Sog' bo'ling, bizni kuzatishda davom eting!!!