TATU talabalari “Startap-tashabbuslari-2018”da g’olib bolishdi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Startap-tashabbuslari-2018”da g’olib bolishdi!

19-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh talabalari “Startap-tashabbuslari-2018”da g’olib bo’lishdi.

Ushbu Dasturda 18 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim qildi. “Demo Day” yakuni bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z g‘oyalarini rivojlantirish uchun beminnat investitsiya shaklidagi 40 mln. so’mdan pul mukofotlariga ega bo‘ldilar. Shu beshta jamoa orasida 3 ta jamoa (bittasi TATU Farg’ona filiali) universitetimiz talabalaridan tashkil topgan va ular sovrinni qo’lga kiritishgani ahamiyalidir!

G’olib bo’lgan startaplar

“Little Big Media” — bu raqamli reklamani joylashtirish uchun supermarketlarda samarali maydonchani taqdim etishga doir xizmat. Maydon ekran (7-8 dyuym) o‘rnatilgan gadjetdan hamda supermarket xaridorlarining smartfonlarini quvvatlantirish imkonidan iborat. Gadjet xaridor aravachasining tutqichiga mahkamlanadi.


Loyiha Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) talabalari hamkorligida qilingan.

“Scratch”da dasturlashish” — Farg’ona shahridagi loyiha bolalarni dasturiy ko‘nikmalarini va algoritmik fikrlashni rivojlantirish, kompyuter dasturlariga qiziqish uyg‘otish va IT ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan.


Loyiha TATU Farg’ona filiali talabalari tomonidan qilingan.

“Startupmarket.uz” — kraudfanding uchun startaplar katalogi. Oʻzbekistondagi barcha startuplarga mablagʻlarni jalb qilish va kelgusida ularni sotish maqsadida yaratilgan platforma. Unga joylanayotgan startuplar tizim yordamida oʻzlari uchun kerakli mablagʻni topishlari mumkin boʻladi. Yaʼni tizim startapga investor, fondlar, biznes inkubator topishga yordam beradi.



Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, “Startap-tashabbuslar” Dasturi 2016-yildan buyon amalga oshiriladi va yoshlarni o‘z startaplarini yaratishda hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Dastur BMTTD, Savdo-sanoat palatasining qo‘shma faoliyati mahsuloti hisoblanib, joriy yil “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturining vazifalarini bajarish doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida, shuningdek Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

O'qing: TATU talabalari “Open Data Challenge-2018” da gʻolib boʻlishdi!