Sport dasturlash olimpiadasida ishtirok eting!

  • Asosiy
  • Sport dasturlash olimpiadasida ishtirok eting!

2026-yil ilk bor sport dasturlash boʻyicha talabalar xalqaro olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi IOI va ICPC Olimpiadalariga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda terma jamoa tarkibiga iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida sport dasturlash boʻyicha olimpiada tashkil etadi.

🧭Sport dasturlash olimpiadasi 10-mart kuni 5-11-sinf oʻquvchilari va 17-mart kuni talabalar oʻrtasida soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

⚙️Olimpiadada uch nafar universitet talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin va oʻquvchilar individual tarzda qatnashadilar. Sport dasturlash musobaqasining saralash bosqichi 3-mart kuni onlayn tarzda oʻtkaziladi.

🔵Quyida olimpiada qoidalari bilan (https://docs.google.com/document/d/1WClt3zPmBjI4V26w4_Yxn_zbnegsA8VzNL4O-FHvAXk/edit) tanishib, ishtirok etish uchun ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/1YqUCpfuTVuCeYjc_Lfnb2FcevmC8HqApF2lOizy_hhE/edit) orqali roʻyxatdan oʻtishingiz so‘raladi.

💬Savollar bilan quyidagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin: https://t.me/icpcuz