20 - noyabr kuni TATUda Yevropa Erasmus + dasturining "SPACECOM" loyihasi ishtirokchilari, koordinatorlari bilan birinchi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda sakkizta mintaqaviy tashkilot vakillari va Evropa hamkorlarining ikki vakili - Berlin texnika universiteti va Germaniyaning EXOLAUNCH kompaniyasi vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda loyiha taqdimoti boʼlib oʼtdi va ishtirokchilarga loyihani amalga oshirish uchun asosiy vazifalar belgilab olindi.
TATU matbuot xizmati