Joriy yilning 13-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Sorbonne universiteti xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha prorektori Sonia-Athina Karabina bilan uchrashdi
Uchrashuvdan asosiy maqsad:
🔹2022-2023 o'quv yilining kuzgi semestridan talabalar almashinish dasturini yo'lga qo'yish;
🔹Har ikki universitetning professor-o'qituvchilarini o'zaro malaka oshirish va stajirovka o'tash bo'yicha almashinuvlarni tashkil etish;
🔹Tanlab olinadigan ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'quv jarayonini transformatsiya qilishda hamkorlikni yo'lga qo'yish;
🔹Kelgusi yil uchun Erasmus+ loyihalari ulushini birgalikda oshirish.
Sorbonne universiteti delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga safarini tashkil etish va safar davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'ycha qo'shimcha kelishuvni imzolashga kelishib olindi.