Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan Kazan federal universiteti Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlarni rivojlantirish instituti direktori – M.M. Abramskiy, Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlarni rivojlantirish instituti direktori o‘rinbosari – I.A. Maksimova, N.I. Lobochevskiy nomidagi Matematika va mexanika instituti o‘quv faoliyati bo‘yicha direktori o‘rinbosari – R.R.Zamaliyev va mazkur institut ilmiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari – B.F.Tazyukovlar bilan “SMART ta'lim” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.
ХХI – asrda axborot texnologiyalari insoniyat hayot faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Endilikda zamonaviy ta‘lim rivojlanashi uchun inson kapitalini ta’siri yetarli emas. Seminarda ta’lim mehnat resurslarining hajmlarini qurish emas, balki ta’lim muhitining o‘zini, metodlari, ta’lim muhitining sifatli o‘zgarishi taqozo qilmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida odatdagi va o‘zining imkoniyatlari bilan ana’naviy va elektron ta’limni asta – sekin Smart ta’lim (smart-education) egallamoqda. Smart ta’lim va uning afzalliklari to‘g’risida qiziqarli fikrlar almashildi.