Avval xabar qilganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi J.Abdujalilov Yaponiyaning bir qancha ilgʼor universitetlari bilan oʼzaro hamkorliklar borasida uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.
Uchrashuvlar davomida Shibaura Texnologiya Instituti Global Hamkorlik divizioni Boshqaruvchi Menedjeri Osama Sugiyama va Xalqaro dasturlar bo'yicha menedjer Yutaka Furuya bilan Bakalavriaturada tahsil olayotgan talabalar almashinuvini joriy etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek yosh professor o'qituvchilar va magistrantlarni qisqa muddatli ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanish va hamkorlida maqola yozish uchun Shibuara Texnologiya Institutiga stajirovkaga yuborish bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi.
TATU matbuot xizmati