Yaponiyaning Nagoya universiteti bilan hamkorlik uchrashuvi

Ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi J.Abdujalilov Yaponiyaning bir qancha ilgʼor universitetlari bilan oʼzaro hamkorliklar borasida uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.

Hamkorlik uchrashuvlari doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  va Nagoya universiteti AKT sohasida (Kompyuter Injiniring, Dasturiy Injiniring va Axborot xavfsizligi mutaxassisliklari) Sandwich program qo'shma magistratura tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdi.

TATU matbuot xizmati