She’riyatga shaydo ko‘ngillar

  • Asosiy
  • She’riyatga shaydo ko‘ngillar

She’riyatga shaydo ko‘ngillar

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “She’riyatga shaydo ko‘ngillar” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Tadbir davomida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining shoirlari ishtirok etdilar. Adabiy-ma’rifiy kecha davomida yosh shoirlar tomonidan adabiyot, vatan hamda sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi she’rlardan namunalar o‘qildi.

🎁 Davra suhbati yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar talabalarga esdalik sovg‘a sifatida topshirildi.