Koreya Respublikasining Seul shahrida Koreya Ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Koreya–O‘zbekiston oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda ikki davlat ta’lim vazirliklari rahbarlari, oliy ta’lim assotsiatsiyalari vakillari hamda 25 dan ortiq yetakchi universitet rektorlari va delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
🎙 Tadbir quyidagilar tomonidan kirish so‘zlari bilan ochib berildi:
• Koreya Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari — Pak Son Min
• Ajou Universiteti prezidenti — Hyungju Park
• Koreya universitetlar kengashi raisi — Yan o Bon
• O‘zbekistonning Koreyadagi favqulotda va muxtor elchisi — Alisher Abdusalomov
• Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori — Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich
Forum doirasida O‘zbekiston va Koreyaning yetakchi OTMlari ishtirokida maxsus sessiyalar o‘tkazildi va universitetlar tomonidan taqdimotlar namoyish etildi.
Universitetimiz rektori prof. B. Maxkamov ta’limda hamkorlikni kengaytirish, sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qo‘shma dasturlar yaratish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida taqdimot qildilar.
Ushbu nufuzli forum O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, sun’iy intellekt sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda global kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratmoqda.

