Toshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
O‘zbekistondagi yettita universitet talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” yillik o‘quv dasturida ishtirok etdi. Loyiha davomida ishtirokchilar 5G, Sun’iy intellekt, Bulutli hisoblash, Raqamli energiya, Huawei mobil xizmatlari kabi IT yo‘nalishlari bo‘yicha kurslarda qatnashdilar, shuningdek, yetakchilik fazilatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirdilar, Xitoy madaniyatini o‘rgandilar va O‘zbekiston an’analari bilan Avstriya, Ruanda va Serbiyadan kelgan ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdilar.
14—21-noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU), Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti, Turin politexnika Universiteti, Toshkent Xalqaro Taʼlim universiteti va Milliy Tadqiqot Universiteti, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” ta’lim loyihasida ishtirok etishdi.
23-noyabr kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida sakkizinchi marta birlashtirgan “Seeds for the Future” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekistonning yetti taʼlim muassasasi talabalari Avstriya, Ruanda va Serbiya ishtirokchilari bilan birga IT-texnologiyalarni chuqur oʻrganish boʻyicha dasturni tamomladilar. Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari, ochiq muhokamalar tashkil etildi. Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish va biznes g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha mentorlarning onlayn ishtiroki bilan o‘tkazildi.
Dasturda ishtirok etish doirasidagi asosiy vazifa barqaror rivojlanish maqsadlariga (BMT BRM) erishish uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda o‘zining Tech4Good biznes loyihasini ishlab chiqish edi. O‘zbekistonlik talabalar ocharchilikka barham berish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda o‘z ishlarini taqdim etdilar. “Seeds for the Future” dasturi doirasida “Tech4Good” loyihalarini ishlab chiqish oʻtgan yildan boshlab yosh avlodni informatsion texnologiyalar orqali dunyoning barqaror rivojlanishi muammolariga jalb qilish va axborotni joriy etish orqali BMRga imkon qadar tezroq erishish yoʻllarini topish maqsadida joriy etilgan. O‘qitishni tugatgandan so‘ng, jamoalar olingan izoh va maslahatlarga ko‘ra o‘z loyihalarini yakunlash va 2023 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Tech4Good global tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
“Bizning shtab-kvartiramiz tomonidan “Seeds for the Future” dasturi onlayn formatda tashkil etilganligi sababli biz imkon qadar talabalar uchun kontentni diversifikatsiya qilishga, uni nafaqat IT sohasida oʻqiydiganlar uchun, balki boshqa yo‘nalishlardan talabalarni ham jalb qilishga harakat qilmoqdamiz. Bugun jamoalar o‘z loyihalarini Tech4Good’ga taqdim etishganidan so‘ng, raqamli texnologiyalar olami mutlaqo hamma uchun ochiq va har kim dunyoning barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini ko‘rib turibmiz. 2022 yilda ishtirokchilar uchun taqdim etilgan kurslar 5G, AI, Cloud Computing kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganishni o‘z ichiga olgan, shuningdek, ko‘p davlatlar uchun aktual bo‘layotgan raqamli energiyaga asoslangan yashil rivojlanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish mavzusi bilan to‘ldirilgan.
Umid qilamanki, dastur orqali olingan bilimlar talabalarning kelajakdagi kasbiy o‘sishiga yordam beradi”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay.
“Seeds For The Future” Huawei kompaniyasining global korporativ ijtimoiy mas’uliyat dasturidir. O‘tgan yillarda o‘zbekistonlik 50 nafar talaba Xitoyda dastur bo‘yicha, 2020-2021-yillarda esa 54 nafar talaba dasturning onlayn versiyasida qatnashishgan. 2017-yilda O‘zbekistondan Seeds For The Future loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro sammitida ishtirok etdilar.